OasisAcade faoliyati vaqtincha toxtadildi
- OSED Admin

- Jan 16
- 1 min read
Hurmatli a’zolarimiz,
Mijozlarimizga taqdim etayotgan xizmatlarimizni doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqib, yaxshilash maqsadida strategik qarorlar qabul qilmoqdamiz.
Bu doirada, 2019-yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan OasisAcade xizmatimizni shu oyning oxiridan boshlab vaqtincha to‘xtatishga qaror qildik. Ushbu qaror, onlayn ta’lim xizmatlarimizning samaradorligini baholash va boshqa xizmatlarimizga ko‘proq e’tibor qaratish orqali mijozlarimizdan kelib chiqadigan talablarni yanada yuqori darajada qondirish maqsadida qabul qilindi.
Mijozlarimizga eng yaxshi tajribani taqdim etish borasidagi maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish yo‘lida ushbu o‘zgarishlar biznes modelimizni optimallashtirish uchun amalga oshirildi.
Shuningdek, ta’lim olayotgan talabalarimiz uchun jarayon davom ettiriladi, ammo yangi qabul vaqtincha to‘xtatildi.
Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusida yanada samarali va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida o‘zgarishlarni amalga oshirishda davom etamiz.
Hurmat bilan,
OasisAcade jamoasi




Comments